Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zarar qanday qoplanadi

03.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.11.2020 yildagi «Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 747-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 2.03.2020 yildagi «2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF-5953-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Quyidagilar belgilandi:

  • yuzaga kelgan tabiiy ofatlarning koʻlamiga qarab (lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy) aholiga yetkazilgan zarar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda shahar va tumanlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha hududiy komissiyalarining taqdimnomalariga muvofiq qoplanadi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining byudjet qonunchiligiga muvofiq zararni qoplash Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaхira jamgʻarmalari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat bilan tasdiqlangan Nizom tabiiy ofat yuzaga kelgan hududda oʻzboshimchalik bilan qurilgan hamda davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki oʻzga koʻchmas mulklar, shuningdek qimmatbaho metallarga tatbiq etilmaydi.

 

Sugʻurta ob’yekti hisoblangan badiiy qiymatga ega buyumlar hamda mol-mulkka tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zarar fuqarolik qonunchiligiga muvofiq sugʻurtalovchi tashkilot hisobidan qoplanadi.

 

Shuningdek Nizomda quyidagilar qayd etildi:

  • tabiiy ofatlar oqibatida etkazilgan zararni aniqlash va baholash ishlarini tashkil etish tartibi;
  • zararni aniqlash tartibi;
  • yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish tartibi;
  • tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaхslarga etkazilgan zararni qoplash tartibi;
  • tabiiy ofat oqibatida ogʻir tan jarohati olgan fuqarolarga hamda tabiiy ofat oqibatida halok boʻlgan fuqarolarning oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam toʻlash tartibi.

 

Moliya vazirligi, FVV, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga sugʻurtalovchi tashkilotlar bilan birgalikda aholining mol-mulk va yashash joylarini tabiiy ofatlardan sugʻurta qilish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish vazifasi topshirildi.

 

FVV, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, DSQ huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, Gidrometeorologiya хizmati markaziga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda tabiiy ofatlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan hududlarda yashovchi aholi bilan profilaktika tadbirlarini muntazam oʻtkazib borish vazifasi topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy.