Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkor faoliyatiga aralashish taqiqlandi

04.01.2016

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari organlari vakolatiga aralashishga taqiqlar joriy qilindi.

 

Endilikda davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlariga, shuningdek boshqa tashkilotlarga va ularning mansabdor shaхslariga tadbirkorlik sub’yektlarining boshqaruv organlari vakolatiga kiritilgan bitim tuzish, foydani taqsimlash, rahbar va ijrochi organ a’zolarini saylash (tayinlash) masalalari hamda boshqa masalalar boʻyicha qaror qabul qilish, tadbirkorlik sub’yektlariga koʻrsatmalar berish taqiqlandi, bundan qonunda koʻzda tutilgan holatlar mustasno.

 

Ular tadbirkorlik sub’yektlarining boshqaruv organlari a’zolariga nisbatan ular vakolatlari doirasida oʻz tavakkalchiliklari shartida qabul qilgan, ziyon koʻrishga sabab boʻlgan qarorlar uchun javobgarlik choralarini koʻrishga haqli emas.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA

tayyorladi.