Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlar elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga yordam beradilar

24.10.2018

Rus tilida oʻqish


Elektr energiyasi, shu jumladan, muqobil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlarini yagona energetika tizimiga ulash reglamentga solinadi, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlari esa oshiriladi. Bu OʻzAda e’lon qilingan Prezidentning 23.10.2018 yildagi qarorida nazarda tutilgan.

 

Hususan, Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan birgalikda muqobil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarini yagona energetika tizimiga ulash tartibini takomillashtirish va loyihalarni davlat-хususiy sheriklik asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqadi.

 

Kutilishicha, tegishli normativ hujjatlarning qabul qilinishi mamlakatimizda elektr energiyasi, shu jumladan, muqobil elektr energiyasidan (quyosh elektrostansiyasi, shamol generatorlari va boshqalar) elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yangi tadbirkorlik sub’yektlarining paydo boʻlishiga koʻmaklashadi.

 

Shuningdek, qaror bilan 2018-2020 yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, elektr energiyasi hisobi va iste’molini nazorat qilishni takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish boʻyicha loyiha qiymati 2,6 mlrd AQSh dollari boʻlgan umumiy quvvati 1 984 MVt 7 ta investitsiyaviy loyihani amalga oshirish;
  • jalb qilinadigan kreditlar va “Oʻzbekenergo” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan yiliga umumiy uzunligi 7,1 ming kilometr boʻlgan yangi elektr tarmoqlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, 2 500 ta transformator punktini oʻrnatish va modernizatsiya qilish;
  • Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (keyingi oʻrinlarda – EEHO va NQAT) 7 mln iste’molchilarni ulash, 2021 yil yakuniga qadar EEHO va NQAT qamrovini abonentlar umumiy sonining 100%igacha yetkazish;
  • Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa хalqaro moliya institutlari bilan kelishilgan, umumiy qiymati 1,8 mlrd AQSh dollari miqdoridagi uzoq muddatli kreditlarni oʻzlashtirish.

 

Elektr energiyasi ishlab chiqarish bozorida yangi oʻyinchilarning paydo boʻlishi tarmoqni boshqarish tizimini isloh qilishni talab etadi. Shu munosabat bilan Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi komissiya tomonidan Energetika vazirligini tashkil etish toʻgʻrisidagi masala ishlab chiqilmoqda.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_