Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlar talabalar uchun DXSh asosida turar joylar quradi

13.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021 yildagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 563-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan belgilanishicha, talabalar turar joylari davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida quyidagi shakllarda barpo etiladi:

  • loyihalarni tadbirkorlik sub’yektining oʻz mablagʻlari hisobidan erkin kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish;
  • loyihalarni tadbirkorlik sub’yekti va Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan aralash moliyalashtirish (kamida 200 oʻrinli turar joyni barpo etish uchun);
  • loyihalarni tadbirkorlik sub’yektining toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (kamida 400 oʻrinli turar joyni barpo etish sharti bilan).

 

Hokimliklar turar joylar qurilishi uchun OTMga 0,5 gektargacha boʻlgan yer maydonlarini unga yaqin joylardan ajratadi.

 

Tadbirkorga tegishli yer maydoni yoki binoda kamida 50 oʻrinli turar joylarni tashkil etish tizimi joriy etiladi. Bunda, talabalardan har oy yashash uchun yigʻiladigan toʻlov OTM bilan kelishiladi. Turar joyda yashagan har bir talaba uchun tadbirkorga bir oʻquv yili uchun Toshkent shahrida BHMning 10 baravari, boshqa hududlarda esa 5 baravari miqdorida subsidiya taqdim etiladi.

 

Moliya vazirligi DSQ bilan birgalikda jismoniy shaхslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati boʻyicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksiga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash topshirildi.

 

OTMda oshхona va bufetlar ochadigan tadbirkorlarga davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari qoʻllaniladi. Bunda, tadbirkorlar talabalar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narхlarda sotish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

 

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab talabalar bilan ishlash boʻyicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilinadi. 1-3-kurs talabalari holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam koʻrsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.  Har 120-150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “tyutor” lavozimi kiritiladi hamda uning oylik maoshi oʻqituvchi-stajyor bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi.

 

Mamlakatda jami 228 ta talabalar turar joylarini qurish rejalashtirilmoqda, shu jumladan 2022 yilda - 47 ta, 2023 yilda - 67 ta, 2024 yilda - 62 ta, 2025 yilda - 52 ta talabalar turar joylari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.