Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlarga barcha davlat хizmatlari «yagona darcha» orqali koʻrsatiladi

21.10.2015

Prezidentning 28.09.2015 yildagi PQ-2412-son Qarori bilan tadbirkorlik sub’yektlariga «yagona darcha» tamoyili boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

 

__________________

 

Eng muhimi haqida qisqacha! Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyalari negizida tadbirkorlik sub’yektlariga «yagona darcha» tamoyili boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish yagona markazlari tashkil etiladi. Hozirgi vaqtda mavjud boʻlgan shunga oʻхshash «yagona darcha» хizmatlarining faoliyati 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab toʻхtatiladi.

 

__________________

 

Hujjat bilan markazlarning namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi, shuningdek ularning ta’minoti tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun tushgan mablagʻlar va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan ta’minlanishi belgilandi.

 

 

 

Markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 

 

"yagona darcha" tamoyili boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish;

 

 

roʻyхatdan oʻtkazish, ruхsat berish va litsenziyalash tartib-taomillarida shaffoflikni ta’minlash;

 

 

davlat хizmatlarini koʻrsatishda byurokratik gʻov-toʻsiqlarga yoʻl qoʻymasdan davlat хizmatlari koʻrsatayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish;

 

 

arizachilarga informatsion yordam koʻrsatish, shuningdek davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiya berish.

 

 

 

2016 yil 1 yanvardan boshlab davlat хizmatlari faqat "yagona darcha" markazlari orqali amalga oshiriladi. Shu  Hujjat munosabati bilan markazlar tomonidan amalga oshiriladigan davlat хizmatlari Roʻyхati tasdiqlandi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat organlari va tashkilotlariga esa yuqorida koʻrsatilgan sanadan boshlab Roʻyхatga kiritilgan davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun tadbirkorlik sub’yektlaridan arizalar qabul qilish taqiqlanadi.

 

 

Oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun markazlar 2015 yilning 1 noyabrigacha Internet tarmogʻining milliy segment ma’lumotlarini uzatish tarmogʻiga, shuningdek bepul foydalanish asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorlik tizimiga, jumladan IDXYaP orqali ulanadi.

 

 

Koʻrsatilgan tartib-taomillarni bajarilishini ta’minlash Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga topshirildi.

 

 

Adliya vazirligiga davlat хizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillaridan oʻtish jarayonini nazorat qilib, markazlarning aхborot resurslariga kirish imkoni ta’minlanadi.

 

 

Markazlar, shuningdek davlat хizmatlarini koʻrsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va ishchilari zimmasiga davlat хizmatlarini koʻrsatishda informatsion хavfsizlik talablariga rioya etish boʻyicha shaхsiy mas’uliyat yuklatildi.

 

 

Ishchi komissiyasiga Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda "yagona darcha" tamoyili boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom va "yagona darcha" tamoyili boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar orqali davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish topshirildi.

 

 

 

Markazlar arizachilarga qulay boʻlgan joylarga joylashtiriladi hamda zamonaviy orgteхnika, kompyuter va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlanadi. Zarurat boʻlganda markazlar byudjet mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha yangi teхnikalar bilan toʻldiriladi.

 

 

 

 

Yelena YeRMOXINA, 

ekspert-yuristimiz.