Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlarga qanday koʻmak beriladi

27.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.05.2024 yildagi “Tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida”gi PQ-193-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2024 yil 23 yanvardagi PQ-39-son qaroriga muvofiq qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi  joriy etilgan.

 

Hujjat bilan yuridik shaхs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar, soliq va bojхona imtiyozlari hamda preferensiyalarni ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi.

 

Qoʻllab-quvvatlash choralari “V” va undan yuqori reyting darajasiga ega tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

Toifa 

Amaldagi miqdorning %i 

«AAA»

100

«AA»

90

«A»

80

«VVV»

70

«VV»

60

«V»

50

 

Qoʻllab-quvvatlash choralari roʻyхatdan oʻtganiga 6 oy boʻlmagan, shuningdek, 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga ularning reyting darajasidan qat’i nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.

 

Tadbirkorlik sub’yektlarining reyting darajasi:

  • pasaygan taqdirda, qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish uch oy davomida saqlab qolinadi;
  • yuqorilagan taqdirda, qoʻllab-quvvatlash choralari keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

 

Hujjatda Tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etiladigan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini ta’minlash boʻyicha respublika komissiyasini tuzish nazarda tutilgan.

 

Komissiya 2024 yil 1 oktyabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritishi kerak:

  • amaldagi barcha qoʻllab-quvvatlash choralarini ularning iqtisodiyotga va sogʻlom raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilish hamda samaradorligini baholash natijalari boʻyicha tubdan qayta koʻrib chiqish;
  • tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllash tartibi natijadorligini baholash;
  • davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan sohalar, tarmoqlar va faoliyat yoʻnalishlari doirasini aniq belgilash va boshqalar.

 

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi har yili 1 iyulga qadar qoʻllab-quvvatlash choralarining sogʻlom raqobat muhitiga ta’sirini baholaydi hamda baholash natijalarini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.

 

2025 yil 1 yanvardan boshlab “subsidiya.mf.uz” platformasida tadbirkorlik sub’yektlariga takdim etiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarining turlari, muddatlari va tartibini oʻz ichiga olgan alohida reyestr yuritilishi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.05.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova