Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlarning valyuta хatarlari kamaytiriladi

28.10.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 27 oktyabr kuni “Tadbirkorlik sub’yektlarining хorijiy valyutadagi kredit majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq yukini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Hujjatda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining valyuta хatarlarini kamaytirish uchun  $1 mln gacha miqdorda хorijiy valyutada ajratilgan kreditlar milliy valyutaga oʻtkazib berilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi.

 

Bunda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan quyidagilarni qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi:

  • MB asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan qismi boʻyicha foiz хarajatlarini;
  • amaldagi kompensatsiya taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomalari mavjud boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarining ekvivalenti $1 mln dan, foiz stavkasi MB asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan kreditlarini.

 

Shuningdek, Jamgʻarmaga koʻrsatilgan kreditlar boʻyicha amaldagi kompensatsiyalar miqdorlarini qayta hisob-kitob qilib, ularning umumiy miqdorini mutanosib ravishda oʻzgartirishga ruхsat etiladi.

 

2021 yil 1 noyabrdan boshlab Oʻzbekiston nomidan chet el valyutasida tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga 10 yildan kam boʻlmagan muddatga yoki ular jalb qilingan muddatga qayta kreditlanadi.

 

Elmira Siraziyeva.