Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlikka oid majburiy talablar yagona reyestrini ishlab chiqish boshlandi

16.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023 yildagi 385-son qarori bilan Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestri tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish vositalari boʻyicha oʻrnatilgan barcha talablar, ularning muddatlari, ular bilan bogʻliq moliyaviy хarajatlar, talablarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar, nazorat qiluvchi organlar, tekshiruv shakllari hamda javobgarlik choralarini oʻz ichiga oladi (09.11.2022 yildagi PF-244-son Farmon).

 

Yagona reyestrga ma’lumotlar tegishli sohani tartibga soluvchi vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritiladi.

 

Adliya vazirligi Yagona reyestrning operatori hisoblanadi, uning yuritilishini uslubiy ta’minlaydi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

 

Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • reyestrda har bir majburiy talab boʻyicha kiritiladigan ma’lumotlarning turlari;
  • reyestrni shakllantirish va yuritish boʻyicha vakolatli davlat organlari hamda tashkilotlarining funksiyalari;
  • tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan amaldagi majburiy talablar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni shakllantirish tartibi;
  • yangi joriy etiladigan majburiy talablar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni shakllantirish tartibi;
  • reyestrda joylashtirilgan ma’lumotlarni yangilab borish tartibi.

 

2023 yil 1 dekabrga qadar Yagona reyestr elektron tizimi ishlab chiqiladi va sinov tariqasida ishga tushiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova