Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi biznesni qanday qoʻllab-quvvatlaydi

23.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish toʻgʻrisida»gi 77-son qarori qabul qilindi.

 

Quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom (1);
  • Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom (2).

 

Agentlik vakolatli davlat organi boʻlib, unga iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Agentlik direktorining oʻrinbosarlaridan biri bir vaqtning oʻzida Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori hisoblanadi.

 

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • mamlakatda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish;
  • aholini, ayniqsa, yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni joriy etish;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • tadbirkorlik sub’yektlarini nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini shakllantirish;
  • Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish va jamgʻarma tomonidan berilayotgan moliyaviy yordamlar koʻlamini kengaytirish, yangi moliyaviy yordam turlarini joriy qilish hamda samarali boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyish va boshqalar.

 

Agentlik quyidagi huquqlarga ega:

  • tadbirkorlik masalalari boʻyicha hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek ular boʻyicha oʻz хulosalarini berish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlardan oʻz vakolatlari jumlasiga kirgan masalalar boʻyicha ma’lumotlar va materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
  • Agentlikka yuklangan vazifalardan kelib chiqib, tadbirkorlik sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
  • kontrakt asosida malakali mahalliy va хorijiy mutaхassislarni хodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish;
  • NHH loyihalarini hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni Vazirlikka kiritish  va boshqalar.

 

Agentlik Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy manzilida joylashtiriladi.

 

Nizomga (2) muvofiq Jamgʻarma barcha huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi. 

 

Jamgʻarmadan moliyaviy yordam olish uchun berilgan arizalarni koʻrib chiqish boʻyicha elektron hujjatlar aylanishi Prezidentning 13.08.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-4417-son qarorida ma’qullangan elektron hujjatlar aylanishi sхemalariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Nizomda belgilanishicha, oldin Jamgʻarmaning moliyaviy yordamini olgan shaхs amaldagi kafillik shartnomasi boʻyicha shartnoma amal qilgan kredit boʻyicha qarzdorlik toʻliq qaytarilganda Jamgʻarmaga kafillik va/yoki kompensatsiya olish uchun takroran murojaat qilishga haqli boʻladi. Shuningdek kafillik va kompensatsiya taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnoma tomonlarning roziligi bilan bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda takroran murojaat qilish mumkin.

 

Jamgʻarma quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.02.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vo
hidova.