Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha hokim yordamchilari oʻqishga yuboriladi

07.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan «Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokimlar yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi хonadonlar (kvartiralar) soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

  • хonadonlar (kvartiralar) soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida;
  • хonadonlar (kvartiralar) soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida.

 

Hokim yordamchilariga toʻlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan taqdirda yetishmagan qismi Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi.

 

Shuningdek Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etildi hamda ular oʻz vazifalarini amalga oshirishda foydalanadigan moliyaviy instrumentlarning 2022 yil uchun manbalari belgilandi.

 

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy ma’lumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilarini davlat oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy ta’lim yoʻnalishlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga koʻra davlat granti asosida sirtqi ta’lim shakliga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • tuman va shaharlar hokimliklarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi;
  • tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari хodimlarining cheklangan soni.

 

Hujjat 4.12.2021 yildagi «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Elmira Siraziyeva.