Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi qanday oshiriladi

19.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.08.2022 yildagi 450-son qarori bilan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha namunaviy konsepsiya tasdiqlandi.

 

Konsepsiyaning asosiy vazifalari:

  • mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni (iхtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash;
  • yangi tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish va shu orqali iqtisodiy oʻsishni ta’minlash;
  • mahallaning iхtisoslashuvidan kelib chiqib, aholining kambagʻal qatlami daromadini, kambagʻal aholi bilan manzilli ishlash yoʻllari samaradorligini oshirish;
  • har bir mahalla infratuzilmasini shakllantirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, davlat tasarrufidagi infratuzilma ob’yektlari, yer uchastkalari, boʻsh turgan ob’yektlardan DXSh asosida samarali foydalanish;
  • “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini oʻrganish va hal qilish;
  • kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb etish boʻyicha manzilli koʻmaklashish.

 

Konsepsiya har yili yanvar oyida, joriy yilda, istisno tariqasida, sentyabr oyida hokim yordamchisi tomonidan ishlab chiqiladi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida har tomonlama muhokama qilinadi hamda tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga kiritiladi.

 

Hokim yordamchilari tasdiqlangan konsepsiyaning ijrosi yuzasidan har oyda - fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yigʻinlarida, har chorakda - tegishli tuman (shahar) hokimiga hamda yil yakuni boʻyicha - хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.