Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun OTB krediti 25 yil ichida qaytariladi

11.03.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.03.2022 yildagi «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Kichik va oʻrta tadbirkorlik korхonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 105-son qarori qabul qilindi.

 

2021 yil 20 dekabrda OTB hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida «Kichik va oʻrta tadbirkorlik korхonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida:

  • 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yil muddatga 80 mln AQSh dollari miqdorida;
  • 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga 213,58 mlrd soʻm miqdoridagi qarzlarni Oʻzbekiston Respublikasiga ajratish boʻyicha qarz bitimlari imzolangan.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Osiyo taraqqiyot banki tomonidan «Kichik va oʻrta tadbirkorlik korхonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida ajratiladigan qarzni qaytarish va foiz boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali;
  • Osiyo taraqqiyot banki tomonidan «Kichik va oʻrta tadbirkorlik korхonalarini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida milliy valyuta ekvivalentida ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali.

 

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • loyiha doirasida OTB mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti хarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, shuningdek, OTB tomonidan ajratiladigan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
  • OTB tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, foiz va vositachilik haqi boʻyicha barcha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.