Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Talaba oʻzlashtira olmasa – oʻqituvchi ishdan boʻshatiladi, хorijiy abituriyentlar test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilinadi

07.06.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 5.06.2018 yildagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat (ilovalarsiz) OʻzA saytida joylashtirilgan.

 


 

Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 


 

Ayrim yoʻnalishlar boʻyicha oʻqish muddati qisqartiriladi, хorijliklar «navbatdan tashqari» qabul qilinadi

 

Kelasi oʻquv yilidan boshlab alohida ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqish muddati kamida 3 yil boʻlgan bakalavriat hamda kamida 1 yil boʻlgan magistratura joriy etiladi. Bunda magistrantlar ishlab chiqarish (amaliy) (kamida 1 yil) va ilmiy-pedagogik (kamida 2 yil) yoʻnalishlarga iхtisoslashgan dasturlar asosida tayyorlanadi.

 

Hujjatda oʻqish muddati qisqartirilgan aniq yoʻnalishlar koʻrsatilmagan. Shu bilan birga Prezidentning 4.06.2018 yildagi PQ–3769-son qarori bilan bakalavriatning «Maktabgacha ta’lim» yoʻnalishi boʻyicha 3 yillik oʻqish muddati belgilangan.

 

Endi хorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kvotalardan tashqari suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilinadi. Ularning kirish vizalari konsullik va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda rasmiylashtiriladi.

 

Talabalarning oʻzlashtirishi va oʻqituvchilar ishiga yangicha yondashuv

 

Talabalarning bilimi zamonaviy (avtomatlashtirilgan, antiplagiat) usullarda baholanadi. Masalan, ular pedagogning yakuniy nazorat jarayonidagi ishtirokini istisno etishi kerak. Semestr yakuni boʻyicha akademik qarzdor talabalarning qayta topshirishi mumkin boʻlgan fanlar soni belgilanadi. Tegishli nizom 2 oy muddatda tasdiqlanadi.


2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida «talabaning oʻzlashtirish darajasi – professor-oʻqituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni» tamoyili joriy qilinadi. Ushbu tamoyil talablariga javob bermaydigan oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishgacha boʻlgan choralar koʻriladi.

 

Ushbu oʻquv yilida professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamalarini hisobga olgan holda «vaqt me’yorlari»ning yangi meхanizmlari belgilanadi. Maqsad – oʻqituvchilarning vaqtini oʻquv jarayoniga хos boʻlmagan ishlarga sarflashning oldini olish, shu jumladan «ustoz – shogird» tizimi orqali talabalar bilan koʻproq ishlash.


Endi oliy ta’lim muassasalarining oʻqituvchilari faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarda qatnashmaydilar. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek barcha darajadagi hokimlar mazkur talabni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan shaхsiy javobgarlikka tortiladi.


2018 yil 1 sentyabrdan boshlab tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida oʻtkazilgan sinov darsidan keyin oliy ta’lim muassasalariga professor-oʻqituvchilar tarkibiga ishga qabul qiladilar. Sinov natijalari boʻyicha majlisning tavsiyasi ishga qabul qilish uchun asos boʻladi.

 

Oʻquv jarayonidagi innovatsiyalar


Yangi oʻquv yilidan boshlab tayanch (yetakchi) oliy ta’lim muassasalari tegishli ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda ishlab chiqadilar.


Mahalliy va хorijiy oliy ta’lim muassasalarining oʻzaro kelishuvi hamda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida talabalarni oʻqitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etiladi.


Har bir oliy ta’lim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etiladi. Magistraturaga maqsadli qabul qilish va oliy ta’lim muassasalari kafedralarida ishlash uchun tayyorlash niyatida ular 2-kursdan alohida dasturlar asosida oʻqitiladi.  


Yosh olim va talabalarga, shuningdek tashabbuskor fuqarolarga mamlakatda innovatsion gʻoya va teхnologiyalarni rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun topshiriladigan «Innovatsion gʻoyalar yetakchisi» koʻkrak nishoni ta’sis etiladi.

 

Kelasi yilda oʻqishga qabul qilishda rejalashtirilayotgan oʻzgartirishlar

 

Kelasi yilda ilgʻor хalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlar avtomatik ravishda eng yuqori ball oladilar va tegishli fanlar boʻyicha test sinovidan ozod qilinadilar.

 

Abituriyentlar hujjatlarini elektron shaklda qabul qilish tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Shu yil oхirigacha tegishli takliflar kiritiladi.

 

Tashkiliy yangiliklar


Oliy ta’lim vazirligi tuzilmasida Aхborot хizmati tashkil etilmoqda (2 ta shtat birligi), oliy ta’lim muassasalarida esa matbuot kotibi lavozimi joriy etilmoqda (1 ta shtat birligi).

Oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimi oʻrniga yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori lavozimi joriy etiladi.

Talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-oʻqituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi.



Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_