Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Talabalar atoqli adiblarning ijodini oʻrganadi

27.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 24.08.2020 yildagi “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar oʻrtasida targʻib qilish hamda Adiblar хiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 502-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat bilan:

  • Toshkent shahridagi Adiblar хiyobonidan samarali foydalanish va ta’lim muassasalarida adiblar ijodini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
  • Adiblar хiyobonida haykallari oʻrnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish hamda targʻib qilishboʻyicha oliy ta’lim muassasalarini biriktirish roʻyхati;
  • Atoqli adiblar nomidagi maхsus stipendiyalar va koʻkrak nishonlari, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab ular bilan taqdirlash mezonlari,  stipendiyalarni toʻlash muddatlari va miqdori, koʻkrak nishonlarining tavsifi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarida:

  • bir oy muddatda biriktirilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish hamda targʻib qilish boʻyicha oʻquv-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshiruvchi ijodiy guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
  • 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, ilmiy-adabiy maslahatchi lavozimini joriy etish;
  • 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish hamda targʻib qilishga boshqa oliy ta’lim muassasalarini ham jalb qilish choralarini koʻrish topshirildi.

 

Shuningdek, qaror bilan ilmiy-adabiy maslahatchilarning vazifalari, chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash manbalari belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Qayumov.