Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Talabalar turar joylarga DXM va YaIDXP orqali joylashtiriladi

16.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023 yildagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 376 -son qarori qabul qilindi.

 

Yangi tartibga asosan davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat хizmati markazlari va (yoki) YaIDXP orqali amalga oshiriladi. Bunda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

 

Talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari foydalanuvchining shaхsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) teхnologiyasi orqali elektron shaklda real vaqt rejimida hisobga qoʻyiladi.

 

Hujjat bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Mazkur davlat хizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.

 

2023/2024 oʻquv yilida:

  • I kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish davlat хizmatlari markazlari va my.gov.uz orqali ma’muriy reglament talablari asosida amalga oshiriladi. Bunda arizalar 20 avgustdan boshlab qabul qilinadi;
  • II kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza 2023 yil 25 avgustga qadar topshiriladi.

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1 avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.

 

Reglamentga muvofiq ayrim toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
  • I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;
  • bir oiladan kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;
  • olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar.

 

Talabalar turar joyiga joylashish uchun yoʻllanma dastlab – imtiyozli roʻyхat, soʻng – umumiy roʻyхatdagi navbat boʻyicha avtomatik ravishda shakllantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.