Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Talabalar turar joylarini qurish uchun subsidiya ajratiladi

10.05.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 06.05.2022 yildagi 239-son qarori bilan Talabalar turar joylarini davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • talabalar turar joyini qurishga subsidiya olish uchun murojaat qilish va sherik tomonidan mablagʻlar ajratish tartibi;
  • Davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlarni monitoring va nazorat qilish tartibi.

 

Nizomga asosan, talabalar turar joylarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun хususiy sherikka subsidiya loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha bir oʻringa toʻgʻri keladigan qiymatning 50%i, biroq BHMning 100 baravaridan ortiq boʻlmagan mikdorda ajratiladi.

 

Bunda loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar oʻrtasida tender oʻtkaziladi.

 

Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim DXSh loyihalarining reyestriga kiritilganidan soʻng хususiy sherik davlat sherigiga (OTM) subsidiya ajratish toʻgʻrisida ariza beradi.

 

Davlat sherigi arizani 3 ish kuni (qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilsa - 10 ish kuni) ichida oʻrganib chiqadi va uni Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga yuboradi.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 5 ish kuni ichida taqdim etilgan arizani oʻrganib chiqib va subsidiya berish uchun davlat sherigi bilan subsidiya ajratish yuzasidan shartnomani imzolaydi.

 

Xususiy sherikka turar joyni qurish uchun ikki ish kuni ichida davlat sherigi tomonidan birinchi bosqichda talabalar turar joylari umumiy qiymatining 15%i mikdorida subsidiya ajratiladi.

 

Keyingi bosqichlarda bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab 3 ish kuni ichida bajarilgan ishning 50%i miqdorida, birinchi bosqichda ajratilgan mablagʻlarni inobatga olgan holda subsidiya ajratiladi.

 

2022-2025 yillarda respublika boʻyicha  228 ta (joriy yilda 47 ta)  talabalar turar joylarini qurish nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.