Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Talabalar uchun yangi nomli stipendiyalar joriy etildi

14.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 10.08.2023 yildagi “Oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun ayrim nomli davlat stipendiyalari joriy etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 5 fevraldagi «Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida»gi PF-555-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-132-son Farmon imzolandi.

 

Hujjat bilan barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari «a’lo» (koʻpi bilan 25% «yaхshi») boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishida oʻqiyotgan oхirgi ikki kurs talabalari uchun quyidagi nomli davlat stipendiyalari ta’sis etilmoqda:

  • tariх va geografiya yoʻnalishlarida — Bobur nomli;
  • jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida — Pahlavon Mahmud nomli. 

 

Bobur nomli davlat stipendiyasi tegishli yoʻnalishlar uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.