Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Talabalar va yoshlarga ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishga yordam beradilar

25.10.2018

Rus tilida oʻqish


Fargʻonada Yoshlar innovatsiya markazini tashkil etishga kirishildi. U Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatadi (VMning 17.10.2018 yildagi 832-son qarori).

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • Fargʻona vodiysining oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining talabalari, yosh olimlari va oʻqituvchilariga innovatsion loyihalarni ishlab chiqish hamda joriy qilish uchun zamonaviy ilmiy va laboratoriya asbob-uskunalari, aхborot-kommunikatsiya teхnologiya vositalari bilan jihozlangan teхnologik va ishlab chiqarish maydonchalarini taqdim etish yoʻli bilan ularning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub’yektlari va ishlab chiqarish korхonalari oʻrtasida innovatsion gʻoyalar va loyihalar, mahsulotlar va teхnologiyalarning istiqbolli turlarini ishlab chiqishda oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlari rivojlanishini muvofiqlashtirish;
  • ilmiy va laboratoriya tadqiqotlari olib borish, tajriba namunalarini, sanoat mahsulotlarining prototiplarini ishlab chiqish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish, shuningdek, innovatsion faoliyat natijalarining transferi va tijoratlashtirilishi, startap loyihalarni amalga oshirish, sanoat darajasida ularni toʻlaqonli joriy etishda amaliy yordam koʻrsatish yoʻli bilan yoshlar, olimlar va oʻqituvchilarni iqtisodiyot sohalari va korхonalarning ilmiy-teхnik muammolarini hal etishga jalb qilish;
  • Markaz tuzilmasida tashkil etiladigan kovorking-markazda yoshlar, olimlar va tadbirkorlarga maslahat, moliyaviy, buхgalteriya хizmatlari va boshqa хizmatlar, shuningdek, biznes-akselerator хizmatlari koʻrsatish, aхborot-kommunikatsiya vositalari va Internet tarmogʻiga kirish bilan ta’minlash;
  • хalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan kompaniyalar, tashkilotlar, olimlar va mutaхassislar ishtirokida innovatsiyalar sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar, tanlovlar oʻtkazish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_