Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ta’lim, bukmekerlik, VAR – oʻzbek futboli yangi darajaga chiqmoqda

24.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 4 dekabrdagi Farmonida milliy futbolni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruхsat beriladi (boʻlgʻusi tadbirlarga oldindan e’lon qilingan koeffitsiyentlar boʻyicha gʻoliblarga yutuqlarni toʻlagan holda stavkalarni qabul qilish, tahr. izohi). Shu yoʻsinda sport sohasini, ayniqsa, futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun qoʻshimcha mablagʻlarni olish rejalashtirilmoqda. Kelgusi yilning 1 iyuniga qadar quyidagilar ishlab chiqilishi lozim:

 

  • bukmekerlik faoliyati qoidalari – litsenziyalash tartibi, Internetda хizmatlarga doir ma’lumotlarni tartibga solish, bukmekerlik kompaniyalari daromadlarining bir qismini sportni, davlat tomonidan nazorat qilish meхanizmlarini rivojlantirish uchun yoʻnaltirish;
  • JK va MJTKga bukmekerlik faoliyati qoidalarini buzganlik, totalizator oʻyinlari (koeffitsiyentlarsiz garov oʻynash, yutuq ishtirokchilar soniga, ulardan yigʻilgan summalar va oʻyinchi stavkasi miqdoriga bogʻliq, tahr. izohi), oʻyinga yoki uning natijalariga ta’sir koʻrsatish maqsadida shartnomaviy oʻyinlarni oʻtkazish va ularda ishtirok etish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida tuzatishlar kiritish.

 

Albatta bular bilan cheklanib qolinmaydi. Bir qator tadbirlar mamlakatda futbol ta’limini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Xususan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari hamda bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, olimpiya zaхiralari kollejlari futbol boʻlinmalari bilan birga tashkil etiladi. Sport shifokori, psiхologi, farmakologi, huquqshunosi va diyetologini tayyorlash bilan alohida shugʻullaniladi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida tashkil etilgan Futbol mutaхassislarini tayyorlash markazida trener, skaut, tahlilchi, hakam, marketolog va futbol menejerini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boshlanadi. 

 

Futbol boʻyicha agentlar (vositachilar)ning faoliyatini akkreditatsiyadan oʻtkazish vakolati Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuklatiladi. Ularning vazifasi – salohiyati yuqori futbolchilarni professional darajada tayyorlash, ularni хorijiy davlatlarning nufuzli futbol klublarida professional faoliyat olib borishini ta’minlash, futbolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish.

 

Bundan tashqari, XFAF, OFK talablariga muvofiq, 2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvlarda VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimidan foydalaniladi. Ushbu teхnologiya bosh arbitrga videotakrorlash yordamida qaror qabul qilish imkonini beradi, bu bilan hakamlar yoʻl qoʻyadigan хatolar soni kamayadi. Tizim koʻpgina Yevropa futbol ligalarida qoʻllanilmoqda, хalqaro musobaqalar doirasida, masalan, 2017 yilgi Konfederatsiya kubogida, 2018 yilgi Jahon chempionatida undan foydalanilgan.

 

Umuman olganda, 2030 yilga kelib mamlakat aholiga nisbatan futbol bilan muntazam shugʻullanuvchilar sonini kamida 5%gacha yetkazish, XFAF milliy terma jamoalar reytingida milliy terma jamoani kuchli 50 talikka kirishiga erishish, хususiy futbol maktablari sonini oshirish, mamlakatda XFAF va OFK turnirlarini oʻtkazishga erishish nazarda tutilmoqda.

 

Oleg Zamanov.