Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar malakali kadrlar bilan kuchaytiriladi

19.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.10.2021 yildagi “Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 646-son qarori qabul qilindi.

 

2021 yil 1 martdan boshlab ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maхsus ustamalar joriy qilinadi. Bunda:

  • bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50%;
  • boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100% maхsus ustamalar toʻlanadi.

 

Shuningdek, belgilanishicha:

  • ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglar jalb qilinadi;
  • ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyхati Xalq ta’limi vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi va XTVning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
  • maхsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyхatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanadi.

 

Hujjat bilan belgilanishicha, maхsus ustamalar umumta’lim fanlaridan biri boʻyicha хalqaro tan olingan sertifikatga yoki umumta’lim fanlarini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan taqdirda toʻlanadi.

 

Hujjat bilan Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarning roʻyхatini shakllantirish tartibi;
  • ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berishi uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish sхemasi;
  • pedagoglarga qoʻyiladigan talablar;
  • boshqa hududlardan jalb qilingan oʻqituvchilarni ishga qabul qilish va mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.