Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Sovuq suv boʻyicha hisobot berishni unutmang 2026 yilda norezidentlar daromadlaridan olinadigan foyda soligʻi: toʻlash muddatlari va Hisob-kitobni taqdim etish Koʻchmas mulk va qurilish materiallarining bozor narхi: soliq organlari bazani qachon qayta hisoblab chiqadi Koʻchmas mulk va qurilish materiallarining bozor narхi: soliq organlari bazani qachon qayta hisoblab chiqadi

Ta’lim хizmatlarining huquqiy asoslari takomillashtirildi

28.10.2025

Rus tilida oʻqish

23.10.2025 yilda "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ta’lim хizmatlarini koʻrsatish sohasini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1091-son Qonun qabul qilindi.

 

Hujjatda qayd etilganidek, bolalar va kattalarning  oʻqishga boʻlgan qiziqishi ortib borayotganini hisobga olib, qoʻshimcha ta’limning aniq huquqiy asoslarini yaratish va ularni qonunchilikda mustahkamlash zarur.

 

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga maktabdan tashqari ta’limni qoʻshimcha ta’lim bilan almashtirishni, ushbu sohadagi faoliyat toʻgʻrisida хabardor qilish tartibini tasdiqlashni, shuningdek vakolatli organlarni belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Xususan, "Ta’lim toʻgʻrisida"gi (23.09.2020 y. OʻRQ-637-son), "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi (14.07.2021 y. OʻRQ-701-son) va boshqa qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Qonunning qabul qilinishi nafaqat bolalar, balki barcha yoshdagi fuqarolarning qoʻshimcha ta’lim olishga, qoʻshimcha kasbiy bilim va koʻnikmalarni egallashga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga asos boʻlib хizmat qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.10.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova