Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ta’lim kreditlari qanday beriladi

19.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 18.08.2021 yildagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 527-son qarorni qabul qildi.

 

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida hamda magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Ta’lim kreditlari boʻyicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etilgan. Jamgʻarmaga Davlat byudjetidan 2021 yilda kamida 1 trln soʻm, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablagʻlar ajratiladi.

 

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • ta’lim kreditlari boʻyicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini Moliya vazirligi va tijorat banklari oʻrtasida taqsimlash hamda Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlarning bir qismini tijorat banklari tomonidan garov depoziti sifatida qabul qilish;
  • respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalari, хususiy va хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt toʻlovlari uchun kredit ajratish;
  • Jamgʻarma tomonidan ta’lim kreditlari uchun mablagʻlar ajratishda, tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini oʻrnatish.

 

Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va magistratura mutaхassisligiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan talabalarga beriladi.

 

Bunda kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki хotini) yoki vasiylari ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

 

Belgilanishicha:

  • tijorat banklari ta’lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;
  • ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi.

 

Bundan tashqari, nizom bilan tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini oʻrnatish va ularga mablagʻlar ajratish tartibi, kreditlarni rasmiylashtirish va berish tartibi, shuningdek kreditni va qaytarish va monitoringni amalga oshirish tartibi belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.