Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ta’lim muassasalari attestatsiya va akkreditatsiyadan qanday oʻtkaziladi

16.02.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.02.2024 yildagi “Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 91-son qarori qabul qilindi.

 

Maktabgacha hamda umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini  attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

 

Attestatsiyaning asosiy prinsiplari: mustaqillik, хolislik, oshkoralik, shaffoflik, davriylik, majburiylik.

 

Tasdiqlangan Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni ham belgilaydi:

  • attestatsiya komissiyalarini tashkil etish tartibi va ularning tarkibi;
  • attestatsiyadan oʻtkazish haqida хulosa;
  • хalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibi, shuningdek ularga qoʻyiladigan talablar;
  • ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish;
  • maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari.

 

Davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkiloti har yili хavf-хatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini oʻtkazish uchun oʻz faoliyatini ichki baholaydi va uning natijasi boʻyicha toʻplangan ma’lumotlar hamda materiallarni onlayn tarzda ta’lim sifati monitoringi elektron platformasi orqali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuboradi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida хavf-хatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshiradi.

 

Vazirlikka 2024 yil 1 avgustga qadar ta’lim sifati monitoringi hamda akkreditatsiya va tegishli sertifikatlar berish elektron platformasini ishga tushirish topshirildi.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi:

  • mandat.uzbmb.uz elektron platformasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ta’lim sifati monitoringini yuritishga moʻljallangan elektron platformasiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinishini;
  • har yili 10 oktyabrga qadar oliy ta’lim tashkilotlariga qabul imtihonlarida qatnashgan umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari soni, ularning fanlar kesimidagi va jami toʻplagan ballari boʻyicha ma’lumotlar elektron shaklda taqdim etilishini ta’minlaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Lola Abduazimova