Prezidentning 08.09.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-275-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezident 05.05.2025 yildagi "Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim хizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-76-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi negizida yaratildi. U oʻrta maхsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maхsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Hujjat bilan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. U agentlikning maqomi, vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Agentlikning asosiy vazifalari:
- ta’lim tashkilotlarida ichki sifat nazorati mezonlari va tartib-taomillarini takomillashtirish va samarali amalga oshirish boʻyicha uslubiy tavsiyalar berish;
- ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan choralar samaradorligini oʻrganish boʻyicha ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish, shuningdek soʻrovlar oʻtkazish.
Agentlik tuzilmasiga Agentlikning markaziy apparati va Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti kiradi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.09.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




