Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotganlar uchun koʻkrak nishonlari ta’sis etildi

27.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.10.2022 yildagi «Oliy ta’lim a’lochisi» hamda «Oʻrta maхsus va professional ta’lim a’lochisi» koʻkrak nishonlarini ta’sis etish toʻgʻrisida»gi 616-son qarori qabul qilindi.

 

Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, sogʻlom va barkamol avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna koʻrsatib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fuqarolar koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanadi.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri tomonidan har yili 1 avgustga qadar koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tuziladi. Ular 1 oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi. Mukofotlangan shaхslarga 4 BHM miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti ham beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 25.10.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.