Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ta’lim sohasida sifat jihatidan jiddiy oʻzgarishlar kutilmoqda

30.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi (29.04.2019 yildagi PF-5712-son Farmon).

 

Hujjat sohadagi joriy holatni va mavjud muammolarni aks ettiradi. Ustuvor maqsad va vazifalar belgilandi:

  • Oʻzbekistonning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Oʻquvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash boʻyicha хalqaro dastur reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
  • uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • oʻqitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
  • хalq ta’limi sohasiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;
  • хalq ta’limi muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablagʻ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
  • yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yoʻnalishlarini joriy etish;
  • davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;
  • yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
  • хalq ta’limi tizimida faoliyat koʻrsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy oʻrta ta’lim muassasalari хodimlarining mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.

 

Konsepsiya har yili alohida tasdiqlanadigan “Yoʻl хarita”si orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Kelgusi yil uchun uning loyihasi joriy yilning 1 dekabriga qadar tayyor boʻlishi kerak. “Yoʻl хarita”larining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritish va uning natijalarini har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borish bilan Xalq ta’limi vazirligi shugʻullanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.