Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi

06.10.2026

Rus tilida oʻqish

Prezident 03.10.2026 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PF-213-son Farmonni imzoladi.

 

Yangi vazirlik ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilandi. Uning tasarrufiga maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim, shuningdek, oliy oʻquv yurtidan keyingi tayyorgarlik kiradi.

 

Ta’lim va fan vazirligi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, qoʻshimcha va norasmiy ta’lim masalalarini tartibga soladi.

 

Yangi idorani tashkil etishdan koʻzlangan maqsadlardan biri - uzluksiz ta’limning yagona tizimini shakllantirish va uning darajalari oʻrtasida yanada yaqinroq oʻzaro bogʻliqlikni ta’minlashdan iborat. Xususan, maktab ta’limining professional va oliy ta’lim bilan, oliy ta’limning esa ilmiy faoliyat bilan integratsiyasini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

 

Vazirlik, shuningdek, qayta tashkil etilgan ikki idoraning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan хalqaro bitimlar boʻyicha huquqiy vorisi boʻladi.

 

Vazirlar Mahkamasiga bir hafta muddatda Ta’lim va fan vazirligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha Prezident qarori loyihasini taqdim etish topshirildi. Hujjat yangi idoraning asosiy vazifalarini, uning tashkiliy tuzilmasini va natijadorlik hamda samaradorlikka yoʻnaltirilgan boshqaruv tamoyillarini belgilab berishi kerak.

 

Ta’lim va fan vazirligi manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlashi lozim.

 

Yagona idoraning tashkil etilishi ta’lim va ilm-fan tizimini yanada uygʻun boshqarishni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish hamda ta’lim tizimining ochiqligi va jamiyat oldidagi hisobdorligini oshirishga qaratilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.10.2026 yildan kuchga kirdi.