Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi хodimga ShJBPH raqamini qanday qilib bir necha daqiqada ochish mumkin (yoʻriqnoma) Ishlab chiqarish хarajatlarini qanday hisobga olish kerakTa’tillar jadvalini qonunchilikka muvofiq qanday tuzish va tasdiqlash kerak

Tamaki ishlab chiqarish boʻyicha litsenziya talablari oʻzgartirildi

04.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.11.2020 yildagi «Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi 757-son qarori qabul qilindi.

 

Mahsulot ishlab chiqarish sifatini oshirish, хalqaro talablarga javob beradigan sogʻlom raqobatni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 7.09.2006 yildagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritiladi.

 

Xususan, endi quyidagilar talabgorlarga tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha litsenziyalar berish uchun litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi (7-b.):

mahalliy qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan tamaki хom ashyosini sotib olish miqdori tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan umumiy yillik hajmning 20%idan kam boʻlmasligi lozim. Bunda mahalliy хom ashyodan foydalanish talabgor tomonidan mustaqil hal qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.