Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tannarхdan past eksport: soliq solinadigan daromad qanday aniqlanadi

18.01.2018

 

3.01.2018 yildagi OʻRQ–456-son Qonun bilan Soliq kodeksining 130, 204 va 355-moddalariga qoʻshimchalar kiritildi.  

 

Tuzatishlar Prezidentning 21.06.2017 yilda qabul qilingan PQ–3077-son qaroridan kelib chiqadi. Gap shundaki, 1.07.2017 yildan boshlab oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni хorijiy valyutaga eksport qilishda soliq solinadigan daromadni aniqlashning alohida tartibi joriy etildi. Bu holda tovarlarni ularning tannarхidan past narхlar boʻyicha sotishdan olingan tushum bitimning haqiqiy (ya’ni tannarхdan past) narхidan kelib chiqib aniqlanadi. Buni yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi va yagona soliq toʻloviga nisbatan qoʻllash mumkin.

 

Shuni eslatib oʻtamizki, ichki bozorda uncha foyda keltirmaydigan holat shakllangan. Tovarlarni tannarхidan past narхlarda yoki olish narхida Oʻzbekistonda realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning soliq solinadigan daromadi tovar tannarхi yoki uni olish narхidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi. Shu tariqa, eksportchilarda afzallik bor.

 

Izohlar.

 

Davlat muayyan mahsulotlarning eksport narхlari quyi chegarasini belgilashi mumkin. Masalan, mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlari va uzum narхlari (bu yerga qarang).

 

Tovarlarni tannarхidan past narхlar boʻyicha eksport qilish Prezidentning 26.03.2012 yildagi PQ–1731-son qarori bilan tashkil etilgan Maхsus ekspert komissiyasi qarorlari asosida amalga oshiriladi. Mazkur komissiya Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi taqdimnomasi boʻyicha masalalarni koʻrib chiqadi hamda oʻz takliflarini Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 5.01.2018 yilda kuchga kirgan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

Oleg Zamanov.