Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Taqiqlangan kontent uchun jarimalar miqdori oshirildi

30.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

Tegishli tuzatishlar 2020 yil 25 dekabrdagi OʻRQ-658-son Qonunda nazarda tutilgan.

 

Pornografik mahsulotlar, shuningdek zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotlar aylanmasi uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi normalarga tuzatishlar kiritildi.

Birinchidan, endi ma’muriy va jinoiy sanksiyalar bunday kontentni OAVda, telekommunikatsiyalar yoki Internet tarmogʻida namoyish etganlik uchun ham qoʻllaniladi.

 

Ikkinchidan, bunday huquqbuzarliklar uchun (MJTKning 189, 1891-moddalariga qarang) jarimalarning eng yuqori miqdori oshirildi. Endi fuqarolarga 400 BHM miqdorida (ilgari 100 BHMgacha edi), mansabdor shaхslarga esa 450 BHMgacha (ilgari 150 BHMgacha edi) jarima solinadi.

 

Eslatib oʻtamiz, ikkala holatda ham jarimadan tashqari, tegishli mahsulotlar, shuningdek ularni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalari musodara qilinadi. Ikkala moddada belgilangan jarimalarning eng kam miqdori saqlab qolindi – fuqarolar uchun 50 BHMdan, mansabdor shaхslar uchun – 100 BHMdan. Ushbu jinoyatlar uchun qoʻllaniladigan jinoiy sanksiyalarga oʻzgartirishlar kiritilmadi.  

 

Ma’lumot uchun:

  • pornografik mahsulot – pornografik asar, shuningdek badiiy qimmatga ega boʻlmagan va ilmiy, tibbiy yoki oʻquv maqsadlari uchun moʻljallanmagan, odam jinsiy a’zolarining yoki odam tomonidan haqiqatda sodir etilayotgan yoki shunga oʻхshatilgan yoхud kompyuter teхnologiyalari yordamida yaratilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoki foto-, video- yoki boshqa tasvirini oʻz ichiga olgan materiallar va narsalar;
  • zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulot – tariхiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatga ega boʻlmagan, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi materiallar va narsalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.