Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin

Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari ishlab chiqildi

14.10.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024 yildagi VMQ-652-sonli qarori bilan 2025 yil yanvardan kuchga kiradigan Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.


Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi:

• operatorlarning majburiyatlari va javobgarligini belgilash orqali taqsimlash tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash;

• iste’molchilar va kichik elektr generatorlarini taqsimlash tarmoqlariga ulash;

• elektr energiyasining sifatini va iste’molchilarni elektr ta’minotining barqarorligini oshirish;

• taqsimlash tizimlaridan samarali va xavfsiz foydalanishni tashkil etish hamda barcha foydalanuvchilar uchun teng sharoitlar yaratish;

• taqsimlash tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini belgilash maqsadida elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori ishtirokchilari uchun umumiy texnik talablarni oʻrnatish.

 

Energetika vazirligi taqsimlash tizimining ishonchlilik koʻrsatkichlarini belgilash, hisobga olish va hisobot berishning yagona tizimini joriy etadi.

 

Taqsimlash tizimlari operatorlari yuklama zichligi, taqsimot (sotuv) tuzilmasi, xizmatlar qiymati, ishchi kuchlanish va boshqa koʻrsatkichlar kabi xususiyatlarga asosan turli toifalarga guruhlanadi. Shuningdek, ular  Energetika vazirligi tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarini ishonchlilik va samaradorlikning haqiqiy koʻrsatkichlari bilan taqqoslash orqali har yili baholanadi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2025 yil 11 yanvardan kuchga kiradi.

Lola Abduazimova