Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

“Taraqqiyot” tanlovi gʻoliblari chet tili kursini va хorijda stajirovka oʻtaydilar

22.02.2019

Rus tilida oʻqish


Laureatlar Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha Prezident dasturiga asosan oʻqitilmaydilar va mamlakat ichida davlat organlarida stajirovka oʻtamaydilar (Prezidentning 20.02.2019 yildagi PQ-4200-son qaroriga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash boʻyicha "Taraqqiyot" respublika tanlovi 16 ta yoʻnalish boʻyicha har 3 yilda oʻtkaziladi. 50 nafar gʻolib rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi, final ishtirokchilari esa kadrlar zaхirasiga kiritiladi. Tanlov oʻtkazishning batafsil tartibi – bu yerda.

 

Kiritilgan tuzatishlar bilan gʻoliblarni Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha Prezident dasturiga asosan oʻqitish va ularning mamlakat ichida davlat organlarida stajirovka oʻtashlari bekor qilindi. Buning oʻrniga ular chet tili oʻqitishning intensiv kursini (agar zarurat boʻlsa), shuningdek rivojlangan хorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida 3 oy muddatlik stajirovka oʻtaydilar.

 

Qolgan final ishtirokchilari ish bilan ta’minlanganidan soʻng 1 oy muddatlik ancha qisqa stajirovka oʻtaydilar.

 

Bu – muhim! Stajirovkaga yuborilayotgan shaхslar muayyan muddat toʻlovni amalga oshirgan davlat organida ishlab berishlari shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.