Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi

Tarix instituti qayta tashkil qilindi

01.08.2016

Prezidentning 18.07.2016 yildagi PQ-2562-son qarori bilan Fanlar akademiyasi Tarix institutini Mirzo Ulugʻbek nomli Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix instituti etib qayta tashkil qilindi.

Institutning asosiy vazifalari orasida quyidagilar ham bor:

 

mintaqaning tarixini eng qadimgi davrlardan to hozirgi davrgacha chuqur oʻrganish;

 

oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixi boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish;

 

tarix fanining turli yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

 

chet ellardagi ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish va boshqalar.

 

Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va Fanlar akademiyasi Tarix institutining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.

 

Hujjat bilan Institutning umumiy xodimlari cheklangan soni va tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, shuningdek, xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlarning, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

 

Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari Institutning xodimlariga joriy etiladi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.