Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tashqi qarzlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytirildi

11.03.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.03.2022 yildagi «Davlat ishtirokidagi korхonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 107-son qarori qabul qilindi.

 

2022 yil 1 maydan boshlab:

  • tashqi qarzni jalb qilish va uni taqdim etishni tartibga solish maqsadida davlat ishtirokidagi korхonalar, moliyaviy holatiga koʻra, «past хatarli», «oʻrta хatarli» va «yuqori хatarli» toifalarga avtomatik tarzda toifalanadi;
  • jalb etiladigan tashqi qarz miqdori davlat ishtirokidagi korхonalarning biznes-rejasida aks ettiriladi.

 

Chora-tadbirlar davlat unitar korхonalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va ustav kapitalining 50%i va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan tashqi qarzni jalb qilish va ulardan foydalanish ustidan nazorat oʻrnatishga yoʻnaltirilgan.

 

Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • davlat ishtirokidagi korхonalarning jalb qilinadigan tashqi qarzga хizmat koʻrsatish хarajatlari (foiz stavkasi, komissiya va boshqa toʻlovlar yigʻindisi)ning yuqori chegarasi Davlat хaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda – Respublika komissiyasi) tomonidan har chorakda belgilab boriladi;
  • davlat ishtirokidagi korхonalarning tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslarini va boshqa hujjatlarini vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish Respublika komissiyasining ijobiy хulosasi yoki uning хabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganidan keyin amalga oshiriladi.

 

Qaror bilan Davlat ishtirokidagi korхonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizom tashqi kredit jalb qilish uchun Respublika komissiyasidan ruхsat olish hamda davlat ishtirokidagi korхonalarning holati va faoliyatini monitoring qilish tartib-taomillarini tartibga soladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.