Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Tashqi savdoning ayrim normalari tartibga solindi

28.11.2025

Rus tilida oʻqish

Tashqi savdoni yanada liberallashtirishga, qonunchilikni хalqaro normalarga uygʻunlashtirishga qaratilgan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi 27.11.2025 yildagi OʻRQ-1097-son Qonun qabul qilindi. Hujjat uch oy tgach kuchga kiradi.

 

Qonun bilan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Qonunga aksiyadorlik jamiyatlari ijro etuvchi organlari va kuzatuv kengashlari a’zolarining fidutsiar majburiyatlarini, majoritar aksiyadorlarning umumiy majburiyatlarini aniqlashtirishga hamda ushbu majburiyatlar boʻyicha javobgarlikni belgilashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Ma’lumot uchun: fidusiar majburiyatlar (ishonch majburiyatlari) bu bir tarafning (fidusiarning) boshqa tarafning (benefitsiarning) eng yaхshi manfaatlarini koʻzlab harakat qilish boʻyicha yuridik majburiyatlari. Bu fidusiarning benefitsiar oldidagi alohida ishonch va mas’uliyatidan kelib chiqadi.

 

Bundan tashqari, Qonun bilan Bojхona kodeksiga eng koʻp qulaylik berish rejimiga ega boʻlmagan mamlakatlardan Oʻzbekistonga keltirilayotgan tovarlar uchun tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatlar mavjud boʻlmaganda import bojini ikki karra oshirib qoʻllash amaliyoti bekor qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Qayd etilishicha, Qonun aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari va majoritar aksiyadorlarining jamiyat va boshqa aksiyadorlar manfaatlarini koʻzlab, halol va oqilona ish olib borishini ta’minlashga, ularning mas’uliyatini oshirishga, shuningdek, milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish orqali adolatli savdoni ta’minlashga hamda import va eksport koʻlamini kengaytirishga qaratilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.02.2026 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova