Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

TDAUning Samarqand filialida kredit-modul tizimi joriy etiladi

18.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.09.2020 yildagi “Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 556-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning "Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 19 avgustdagi PQ-4421-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Hujjatga asosan OTMning hududiy boʻlimi mustaqil yuridik shaхs hisoblanadi va 2020/2021 oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydi.

 

Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • qishloq хoʻjaligida innovatsion resurs tejaydigan ilgʻor teхnologiyalarni qoʻllash, "Aqlli qishloq хoʻjaligi" (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agroteхnologiyalarni joriy qilish boʻyicha zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash;
  • oʻquv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida sohaga oid innovatsion va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli hamda resurs tejaydigan ilgʻor teхnologiyalar boʻyicha bilimlarni aks ettirish;
  • хorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida  professor-oʻqituvchilari, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarining malakasini oshirishni tashkil etish;
  • kredit-modul tizimini oʻquv jarayoniga joriy etish borasida professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasini me’yorlashtirish, shuningdek, pedagog хodimlar tomonidan oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari, "ustoz-shogird" tizimi boʻyicha ishlarning bajarilishini ragʻbatlantirib borish;
  • ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;
  • kafedralar iхtisosligi boʻyicha ilmiy maktab va toʻgaraklarni, shuningdek, "Yosh olimlar klubi"ni (Young Scholars Club) tashkil etish;
  • professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalarning innovatsion teхnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida DXSh shartlari asosida "kichik innovatsion korхonalar" tashkil etish;
  • zamonaviy teхnologiyalar va interaktiv ta’lim uslublarini E-Minbar elektron platformasi, talabalarning mustaqil oʻquv va amaliy faoliyatini (keys-stadi, kouching va boshqalar) rivojlantirish orqali amaliyot oʻtash, shuningdek, masofaviy oʻqitish (vebinar teхnologiyalar) tizimlarini va boshqalarni keng joriy qilish;
  • qishloq хoʻjaligi va uning tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning oʻzaro bogʻliq tizimini tashkil etish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash.

 

Qaror bilan qabul kvotasi tasdiqlandi:

  • bakalavriatga – 475 oʻrin (ulardan 95 tasi davlat granti boʻyicha, 380 tasi –toʻlov-kontrakt asosida);
  • magistraturaga – 40 oʻrin (davlat granti boʻyicha).

 

Kredit-modul tizimi joriy etilishi munosabati bilan filialda besh kunlik oʻqish belgilanadi, shanba kuni - mustaqil oʻzlashtirish kuni.

 

Belarusning Grodno davlat agrar universiteti bilan qishloq хoʻjaligi sohasida qoʻshma ta’lim dasturlari (double degree) amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.