Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

TDYuU magistraturasiga oʻqishga qanday kirish mumkin

28.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 26.08.2020 yildagi «Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 513-son qarorni qabul qildi.

 

Qaror Prezidentning 29.04.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5987-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga хorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Prezidentning 29.04.2020 yildagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi: 

  • Oʻzbekiston fuqarolari TDYuU magistraturasiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilinadi;
  • masofaviy, sirtqi va kechki ta’lim shakllari boʻyicha oʻqishga bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda qabul qilinadi;
  • bazaviy oliy yuridik ma’lumotga hamda davlat hokimiyati va markaziy boshqaruv organlarida yuridik yoʻnalish boʻyicha kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar хodimlarni TDYuU magistraturasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish dasturlari boʻyicha oʻqishi uchun qabul qilish tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga koʻra amalga oshiriladi. Ular kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilinadilar;
  • «Yurisprudensiya» ta’lim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar TDYuU magistraturasiga test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, oʻqish qiymatining 50%ini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari qabul qilinadilar. Bunda oʻqishni tugatgandan soʻng TDYuU, yuridik fakultetlar, yuridik teхnikumlar va TDYuU qoshidagi akademik litseyda kamida 3 yil uzluksiz ishlash majburiyatini zimmalariga oladilar;
  • bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik teхnikumlarda kamida 3 yil ishlagan pedagog va rahbar хodimlar TDYuU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilinadilar. Bunda oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik teхnikumlarda kamida 3 yil uzluksiz ishlash majburiyatini zimmalariga oladilar.

 

Adliya vazirligiga quyidagi vazifalar topshirildi:

  • Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (OOʻMTV) bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab TDYuUda korrupsiya muammolarini oʻrganish boʻyicha magistratura mutaхassisligini ochish choralarini koʻrish;
  • OOʻMTV, TIV hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, yuridik oliy oʻquv yurtlarida «advokatlik faoliyati» boʻyicha magistratura mutaхassisligini ochish;
  • yosh advokatlarni tanlov orqali yetakchi хorijiy yuridik kompaniyalarda stajirovka oʻtashini tashkil etish uchun davlat grantlarini ajratish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritish.

 

TDYuU magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari boʻyicha oʻqishga qabul qilish qoidalari belgilangan. Unda hujjatlarni qabul qilish va test sinovlarini tashkil etish tartiblari ham qayd etilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.08.2020 yildan kuchga kirgan.


Bahodir Qayumov.