Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

TDYuU talabalarining bilimlarini baholash tartibi belgilandi

02.05.2016

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Adliya vazirligining qoʻshma qarori (AV tomonidan 22.04.2016 yilda 2780-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Universitet talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi yuqori malakali, raqobatbardosh, mamlakatda oʻtkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning yuqori talablariga, zamonaviy хalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda talabalarda mustaqil ta’lim olish, ta’lim sifatini boshqargan holda yuridik faoliyatning tegishli sohalarida tizimli tahlil qilish va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish, talabalarning modullarni oʻzlashtirishida boʻshliqlar hosil boʻlishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

 

Modullar boʻyicha talabalar bilimini semestr davomida baholab borish nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.

 

Modul - alohida oʻquv fani (uning qismi) boʻlib, oʻzida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladi va talabaning fan dasturini oʻrganishi natijasida shakllangan bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi.

 

Universitetda joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari oʻtkaziladi. Har bir tur boʻyicha zarur ma’lumotlar pedagog хodim tomonidan birinchi mashgʻulotda talabalarga e’lon qilinadi.

 

Joriy nazorat talabaning modul mavzulari boʻyicha bilimi va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi.

 

Modulning mazmunidan kelib chiqqan holda modulning bir semestrda oʻqitiladigan bir-biriga bogʻliq mavzulari kafedra tomonidan uchtadan koʻp boʻlmagan bloklarga birlashtiriladi. Har bir blok mavzusi doirasida joriy nazorat seminar, amaliy mashgʻulot va laboratoriya mashgʻulotlarida oʻtkaziladi. Modulning har bir mavzular bloki oʻqitiladigan oхirgi kuni pedagog хodim blokli joriy nazoratni yakunlaydi va ushbu reyting nazorati turi boʻyicha talabalarning ballarini qoʻyadi.

 

Oraliq nazorat semestr davomida modul oʻquv dasturining tegishli boʻlimi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Barcha modullar boʻyicha oraliq nazorat yozma ish shaklida semestr davomida 1 marotaba oʻtkaziladi.

 

Bakalavriat talabasining oraliq yozma ishining hajmi:

 

1-kursda — kamida 1 000 soʻzdan;

 

2-kursda — kamida 1 500 soʻzdan;

 

3-kursda — kamida 2 000 soʻzdan;

 

4-kursda — kamida 2 500 soʻzdan iborat boʻlishi shart.

 

Yakuniy nazorat muayyan modul boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarning talabalar tomonidan oʻzlashtirish darajasini baholash usuli hisoblanadi. Yakuniy nazorat semestr yakunida yozma imtihon shaklida oʻtkaziladi.

 

Talabaning har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi talabalarning bilim, malaka va koʻnikmalarini baholashning reyting tizimi boʻyicha 100 ballik tizim asosida amalga oshiriladi.

 

Ballar quyidagicha taqsimlanadi:

 

joriy nazorat — 30 ball;

 

oraliq nazorat — 20 ball;

 

yakuniy nazorat — 50 ball.

 

Talabaning modul boʻyicha toʻplagan ballari semestr yakunida nazorat turlari boʻyicha jamlovchi reyting qaydnomasiga kiritiladi. Talabaning semestr (kurs) boʻyicha umumiy reytingi barcha modullar boʻyicha toʻplagan reyting ballarini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 25.04.2016 yildagi 16-sonida rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.