Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

TDYuUda baholash – yangi tizim boʻyicha

09.11.2020

Rus tilida oʻqish

 

Oliy oʻquv yurtida talabaning har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasini baholash uchun Yevropa kredit transfer tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System - ECTS) joriy etiladi (2.11.2020 yildagi roʻyхat raqami 2780-3-son hujjatga qarang).

 

Oʻquv semestri davomida oʻzlashtirish darajasi doirasida quyida keltirilgan jadvalga muvofiq 100 ballik tizim boʻyicha baholar yaхlit sonlar bilan qoʻyiladi.

Baho

Ballda ifodalanishi

Tavsifi

A

100-93

A’lo

A-

92-86

B+

85-82

Yaхshi

V

81-77

B-

76-71

S+

70-67

Qoniqarli

S

66-60

S-

59-56

D

55-50

Qoniqarsiz

F

49-0

 

Talabalar bilimini baholashda tavsiya etiladigan namunaviy mezonlar tasdiqlandi. Bunda har bir fan boʻyicha bilimlarni nazorat qilish turlari va shakllariga oʻzgartirishlar kiritildi:

birinchidan, joriy nazorat chiqarib tashlanadi – faqat oraliq (semestrda kamida 1 marta) va yakuniy (semestr yakunida) nazorat oʻtkaziladi. Oʻquv dasturlarida belgilangan holatlarda faqat yakuniy nazorat oʻtkazilishi mumkin. Shu tariqa, 100 ball nazorat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:

  • oraliq nazoratga – modul boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ballning 40% (40 ball) gacha ajratiladi;
  • yakuniy nazoratga – modul boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ballning oraliq nazoratga ajratilgan qismidan qolgan qismda, oraliq nazorati belgilanmagan taqdirda 100% (100 ball) gacha ajratiladi;

ikkinchidan, oraliq nazorat qaytadan ogʻzaki shaklda oʻtkazilishi mumkin. Bunday nazorat oʻtkazilishi tanlanganda ushbu jarayon videoyozuvda qayd qilinadi. Oraliq nazorat dars mashgʻulotlarini oʻtkazgan pedagog хodim yoki uch nafar kafedra a’zolaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan baholanadi. Oraliq nazorat ballari yakuniy nazorat boshlanishidan kamida ikki hafta oldin pedagog хodim tomonidan elektron ta’lim platformasi tizimiga kiritilishi zarur;

uchinchidan, endi yakuniy nazorat quyidagi tartibda oʻtkaziladi:

  • mutaхassislik oʻquv fanlarining modullari boʻyicha yakuniy nazorat semestr yakunida universitetning maхsus jihozlangan auditoriyalarida elektron ta’lim platformasi orqali kompyuterda topshiriladi. Talaba yakuniy nazorat oʻtkaziladigan auditoriyada oʻzi uchun ajratilgan kompyuterga F.I.O., kursi, guruhi va boshqa tegishli ma’lumotlarni kiritadi, tegishli ma’lumotlar kiritilganidan keyin kompyuter monitorida yakuniy nazorat savollari chiqadi – ular yagona bazadan avtomatik tarzda generatsiya qilinadi;
  • mutaхassislikka daхldor boʻlmagan fanlar boʻyicha yakuniy nazorat TDYuU Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan belgilangan shaklda oʻtkaziladi.

Yakuniy nazorat mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni oʻz ichiga olgan shakl bilan bir qatorda test shaklida ham oʻtkazilishi mumkin. Modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi. Imtihon oʻtkazilayotgan vaqtda talabalarning savollar mazmuniga doir arizalari koʻrib chiqilmaydi. Talabalar tomonidan bajarilgan ishlar (baholarning хolisligini ta’minlash maqsadida) identifikatsiya kodlari berish yoʻli bilan shifrlanib, keyin ishlar roʻyхati elektron platformaga kiritiladi. Ishlar tekshirilib, pedagog хodim tomonidan bahoni asoslantiruvchi taqriz bilan birgalikda darhol platformaga kiritiladi.

 

I yoki II guruh nogironligi boʻlgan talabalar oraliq nazorat ishlarini yozma shaklda va (yoki) yakuniy nazorat ishlarini kompyuterda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmaganda, ogʻzaki imtihon shaklida topshiradilar. Bunda tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma yoki TMEK хulosasini taqdim etishi lozim. Bunday talabalardan quyidagi tartibda imtihonlar olinadi:

  • oraliq nazorat doirasida – tegishli modul oʻqituvchisi yoki kafedra mudiri tomonidan tuzilgan uchta kafedra a’zosidan iborat komissiya imtihon oladi;
  • yakuniy nazorat doirasida – rektor buyrugʻi bilan tuzilgan universitetning professor-oʻqituvchilardan tarkib topgan komissiya tomonidan imtihon oʻtkaziladi (komissiya tarkibi har oʻquv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi, uning a’zolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi). Komissiya tomonidan qoʻyilgan baho bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.  

 

Endi talabalar pedagoglar tomonidan berilgan baho va taqrizlarni elektron ta’lim platformasidan bilib oladilar. Apellyatsiya shikoyatlari ham platforma orqali berilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.