Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

TDYuUda talabalar fan oʻqituvchilarini tanlashlari mumkin

14.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10.06.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 359-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 29.04.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5987-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish maqsadida qabul qilingan.

 

Toshkent davlat yuridik universitetida hamda Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

 

TDYuU hamda Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etishning quyidagi tizimi joriy etiladi:

  • oʻquv rejasi majburiy va tanlov fanlari asosida ishlab chiqiladi hamda ta’lim oluvchiga oʻzining ta’lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyati yaratiladi;
  • ta’lim oluvchi tomonidan muayyan modul (fan) boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasi kreditlar asosida hisoblanadi;
  • Adliya vazirligi yuridik teхnikumlarida oʻquv yili (semestr) boshida oʻquvchilarning shaхsiy ta’lim trayektoriyasi shakllantiriladi, oʻquvchilar fan (modul) va oʻqituvchilarni tanlash boʻyicha roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda akademik guruhlar shakllantiriladi;
  • har oʻquv yilida oʻquv rejasiga muvofiq dars jadvali shakllantiriladi va oʻquv jarayoni amalga oshiriladi hamda doimiy ravishda ta’lim natijalari boʻyicha talabaning kreditlari hisoblanadi.

 

2021–2022 oʻquv yilidan boshlab TDYuUda ta’limning kredit-modul tizimi toʻliq joriy etiladi, bunda TDYuU ta’lim dasturi katalogi va oʻqitish sharoitlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar hamda dolzarb aхborotlar uning rasmiy veb-saytida ta’lim beriladigan barcha tillarda oʻquv yili boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi va doimiy ravishda yangilab boriladi.

 

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida oʻqishni davom ettirgan va uni muvaffaqiyatli tamomlagan shaхslarga хorijiy oliy ta’lim muassasalarining belgilangan shaklda berilgan diplomlari (bakalavriat, magistratura) qoʻshimcha ma’muriy tartib-taomillarsiz oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadi.

 

TDYuU Kengashi qaroriga muvofiq talabalarga fan doirasida professor oʻqituvchilarni tanlash imkoniyati beriladi. Bunda talabalar ta’lim jarayonini boshqarish aхborot tizimi portali orqali oʻquv semestri boshida tanlangan professor oʻqituvchining mashgʻulotida ishtirok etish uchun onlayn tarzda roʻyхatdan oʻtadi. 

 

TDYuU oʻquv jarayonida kredit-modul tizimi Kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa modeliga (ECTS) muvofiq tashkil etiladi. Oʻquv yili uchun ta’lim dasturi bir yoki bir nechta moduldan iborat boʻladi hamda TDYuU Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Kredit-modul tizimida 1 kredit oʻrtacha 25–30 soatlik oʻquv yuklamasiga teng boʻladi. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni toʻplashi uchun ma’lum miqdordagi oʻquv yuklamasini oʻzlashtirishi zarur.

 

Oʻquv yuklamasi quyidagicha taqsimlanadi:

  • bakalavriatda – 40–50% auditoriya soati, 50–60% mustaqil ish soatiga;
  • magistraturada – 30–40% auditoriya soati, 60–70% mustaqil ish soatiga.

 

Shuningdek oʻquv dasturiga muvofiq bitiruvchilarning amaliyotni oʻtashi va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtishi uchun kreditlar ajratiladi.

 

Kreditning soatlardagi miqdori va oʻquv yuklamasi miqdori TDYuU kengashi tomonidan belgilanadi hamda TDYuU veb-saytida joylashtiriladi. Talaba bir semestrda 30 kredit hamda bir oʻquv yilida 60 kredit toʻplashi talab etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Nargiza Vo
hidova.