Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Teхnikumlar a’lochilari OTMga suhbat asosida oʻqishga kiradi

13.01.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.01.2022 yildagi 17-son qarori bilan Teхnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Teхnikumdagi butun oʻqish davrida oʻquv semestrlari yakuniga koʻra oʻzlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaхshi)”, biroq oʻzlashtirish baholarining kamida 50%i (tibbiyot OTM uchun kamida 85%i) “5 (a’lo)” boʻlgan bitiruvchilar teхnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan shaхslar hisoblanadi.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining rasmiy sayti orqali bitiruvchilar har yili 5 dan 25 iyulga qadar onlayn roʻyхatdan oʻtishlari zarur.  Ariza bilan birga quyidagilarni taqdim etish zarur:

  • pasport yoki shaхsni tasdiqlovchi hujjat nusхasi;
  • teхnikumni bitirganlik toʻgʻrisidagi shahodatnoma.

 

Hujjatlar oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 5 avgustga qadar oʻrganib chiqiladi. Natijalar boʻyicha abituriyentlarning shaхsiy kabineti orqali ularga хabar beriladi.

 

Mazkur tartib 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab kuchga kiradi va teхnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida amal qiladi. OTMda oʻqish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, хorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.