Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi

Tekshirishdan oʻting

14.06.2016

Vazirlar Mahkamasining 2.06.2016 yildagi 183-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi yuzasidan koʻzdan kechirishni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda 183-son Nizom) tasdiqlandi.

 

Aviatsiya xavfsizligi yuzasidan koʻzdan kechirishga istisnosiz barcha havo kemalari, yoʻlovchilar, ekipajlarning a’zolari, aeroport xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar jalb etiladi. Undan oʻtgan shaxslar ta’qiqlangan narsalar va buyumlarni qabul qilish-topshirish imkoniyatiga yoʻl qoʻymaslik uchun koʻrikdan oʻtmagan shaxslar bilan aloqada boʻlmasliklari kerak. Koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlayotgan har qanday shaxsning havo kemasi bortiga chiqishi rad etiladi va yoʻlovchilarning shaxsini aniqlash hamda uning koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashi sabablarini aniqlash chora-tadbirlari koʻriladi.

 

Hujjatda maxsus texnik vositalarni qoʻllagan holda yoʻlovchilarning qoʻl yukini koʻzdan kechirish va shaxsan koʻrikdan oʻtkazish tartibi belgilangan. Qoʻl yukini koʻzdan kechirayotganda operativ nazoratchi termoslar, radio va teleapparatlar, audio- va videotexnika, koʻchma kompyuterlar, planshetlar, mobil telefonlar, musiqa jihozlari, yirik hajmdagi oʻyinchoqlar, soyabonlar, hassalar, kitoblarga va havo kemasiga ularda niqoblangan portlovchi qurilmalar, qurol-yarogʻlar hamda tashish ta’qiqlangan boshqa xavfli narsalar va moddalarni olib oʻtish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan boshqa narsalarga e’tibor qaratishi kerak. Yoʻlovchilar bagaji cheklovlar va shartlar bilan tashishga ruxsat etilgan buyumlar va moddalarning roʻyxatini hisobga olgan holda maxsus texnik vositalardan foydalanib koʻrikdan oʻtkaziladi.

 

Yoʻlovchilarni shaxsan koʻrikdan oʻtkazishni faqat bir jinsdagi shaxslar shaxsni koʻrikdan oʻtkazish xonasida koʻrikdan oʻtkaziluvchi shaxs bilan oʻtkazadi. Bir vaqtning oʻzida bir necha yoʻlovchini koʻrikdan oʻtkazish ta’qiqlanadi. Voyaga yetmagan bolalar, nogironlar kuzatuvchi shaxslar hozirligida koʻrikdan oʻtkaziladilar.

 

Nizomda shaxsan koʻrikdan oʻtkazish majburiy tartibda buning uchun maxsus jihozlangan xonalarda amalga oshiriladigan hollar belgilangan.

 

Barcha suyuqliklar, aerozol va gellar aviatsiya xavfsizligi yuzasidan koʻzdan kechirilishi kerak. Ularga barcha suyuqliklar, gellar, aerozollar, suv, boshqa ichimliklar, shoʻrvalar, siroplar, jemlar, dimlangan goʻsht, souslar, pastalar, kremlar, losonlar, kosmetik vositalar, spreylar, bosim ostida boʻlgan idishlarning tarkibi, soch-soqol olish uchun koʻpik, tish pastasi, suyuqliklarning qattiq moddalar bilan aralashmalari, gigiyenik pomada, xuddi shunday konsistensiyadagi har qanday mahsulotlar kiradi.

 

Har bir yoʻlovchi qoʻl yukidagi davlat, rus va ingliz tillarida yozilgan tashishga ruxsat etilgan va taqiqlangan suyuqliklar, aerozollar va gellar toʻgʻrisidagi eslatma, shuningdek ularni oʻrab-joylash uchun maxsus plastik paketlar bilan ta’minlanishi kerak.

 

Barcha suyuqliklar hajmi 100 ml dan oshmaydigan idishlarda tashiladi. Bundan dorilar, bolalar suti, oziq-ovqatlar hamda parhez yoki tibbiy ehtiyojlar uchun moʻljallangan boshqa suyuqliklar mustasno. Parvozda zarur boʻlgan dorilarni qoʻl yukida olib oʻtishga ruxsat faqat tibbiy tasdiqlar mavjud boʻlganda beriladi.

 

Tashiladigan hayvonlar va oʻsimliklarni koʻzdan kechirish xizmatining operativ nazoratchilari vizual tarzda, ular joylashtirilgan qafaslar, konteynerlar va boshqa narsalarni esa maxsus texnik vositalar yordamida koʻrikdan oʻtkazadilar.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.