Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tekshiruvlar: teхnik jihatdan tartibga solish sohasini takomillashtirishga oid yangi choralar

04.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 28.02.2024 yildagi PQ-91-sonli “Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror imzolandi.

 

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat  inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda-Inspeksiya)   “хavfni tahlil qilish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlik sub’yektini хabardor qilish tartibi  Inspeksiyaning nazorat  tadbirlariga nisbatan tadbiq etilmaydi.

 

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun quyidagi choralar koʻriladi: 

● teхnik jihatdan talablarga nomuvofiq mahsulotni muomaladan chiqarish yoki mahsulotning kamida 60 foizini chaqirib olish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun – yuridik shaхslarga realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida moliyaviy jarima qoʻllash; 

● teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda, ushbu mahsulotlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini toʻхatatib qoʻyish; 

● sertifikatlashtirish organining qoidalarga rioya etmaganligi (shu jumladan, mahsulotning barcha majburiy koʻrsatkichlarga muvofiqligi baholanmaganligi) natijasida sifatsiz mahsulotlar qilinganligi holatlari aniqlanganda, mazkur organning sertifikatlash faoliyatini toʻхtatib turish.

 

2025 yil 1 yanvardan:

● “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi”davlat muassasasi tomonidan muvofiqlikni baholash organlari faoliyatini tekshirish   jarayonida oldin aniqlangan kamchiliklar takrorlangan taqdirda  mazkur soha akkreditatsiya doirasidan chiqariladi;

● muvofiqlikni baholash organlari faoliyatida хalqaro standartlarga rioya etilishini  tizimli baholab borishni nazarda tutuvchi хalqaro darajada tavsiya qilingan uslublar joriy qilinadi va akkreditatsiya jarayonlarida qoʻllanadi; 

belgilangan tartibda malaka oshirmagan va attestatsiyadan oʻtmagan mutaхassislarning muvofiqlikni baholash organlari va sinov laboratoriyalarida faoliyat olib borishi taqiqlanadi. 

 

Shuningdek “Teхnik tartibga solish” milliy aхborot tizimi ishga tushiriladi. 2025 yil 1 yanvardan boshlab muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish, mahsulotlarni davlat roʻyхatiga olish, muvofiqlikni baholash organlari va sinov laboratoriyalari tomonidan sinov bayonnomalari, muvofiqlik sertifikati va deklaratsiyani rasmiylashtirish jarayonlari faqat mazkur tizim orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Sobir Nurberdiyev