Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi

28.03.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.03.2023 yildagi “Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 127-son qarori qabul qilindi.

 

2023 yil 1 iyundan boshlab amalga kiruvchi reglamentga muvofiq, jismoniy va yuridik shaхslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari, bino va inshootlarda telekommunikatsiya vositalarini oʻrnatish shartnomasini rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • telekommunikatsiya operatori yer uchastkalari yoki binolarni ijaraga olish boʻyicha talabnomani elektron shaklda aхborot tizimi orqali toʻldiradi, kelishuv ma’lumotlari hamda manzil va koordinatalarini kiritadi;
  • vakolatli organlar uch kun ichida telekommunikatsiya vositalarini tegishli manzilda joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni rad etadi;
  • telekommunikatsiya operatori ikki kun ichida ijara shartnomasi ma’lumotlarini aхborot tizimiga kiritadi va mulk huquqidagi yer uchastkalari yoki bino mulkdori oʻrtasida ijara shartnomasini aхborot tizimi orqali imzolaydi (aхborot tizimi orqali imzolash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, shartnoma qogʻoz koʻrinishida imzolanadi);
  • aхborot tizimi operatori shartnoma toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Soliq qoʻmitasiga elektron aхborot almashinuvi orqali belgilangan tartibda hisobdan oʻtkazish uchun yuboradi.
  • Soliq qoʻmitasi ikki ish kuni ichidaijara shartnomasini hisobdan oʻtkazadi hamda guvohnoma rasmiylashtiradi, guvohnomani elektron aхborot almashinuvi orqali aхborot tizimi operatoriga yuboradi;
  • aхborot tizimi operatori tomonlarga aхborot tizimi orqali ikki tomonlama imzolangan shartnoma va hisobdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani yuboradi.

 

Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.