Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Telekommunikatsiyalar sohasida davlat boji miqdorlari oʻzgardi

16.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 14.06.2023 yildagi “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-846-son Qonun imzolandi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi.

 

Oʻzgartirishlar 06.01.2020 yildagi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-son Qonunga Ilovaga kiritilmoqda.

 

Chunonchi, 33-band “Faoliyatning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji”  “e1”-kichik band bilan toʻldirildi – uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari хizmatlarini koʻrsatish. Ushbu faoliyat turini litsenziyalash uchun davlat boji BHMning 25 000 baravarini tashkil etadi.

 

Quyidagi faoliyat turlari uchun boj ikki baravarga kamaytirildi:

  • teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning хizmatlarini koʻrsatish;
  • teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish;
  • teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini qurish;
  • teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish;
  • teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlari хizmatlarini koʻrsatish.

 

Bunda mazkur faoliyat turlari uchun navbatdagi har yilgi davlat bojini har chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar kelgusi chorak uchun teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga yoʻl qoʻyiladi.

 

Lola Abduazimova.