Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Termez Cargo Centre» MChJga Xalqaro transport-logistika хabi maqomi berildi

23.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.06.2022 yildagi «Gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha Xalqaro koʻp funksiyali transport-logistika хabini tashkil etish choralari toʻgʻrisida»gi PQ-288-son qarori qabul qilindi.

 

BMT, boshqa хalqaro tashkilotlar va хorijiy davlatlar tomonidan Afgʻoniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordamning tizimli asosda, markazlashtirilgan va maqsadli yetkazilishini ta’minlash maqsadida «Termez Cargo Centre» MChJga Afgʻoniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha хalqaro koʻp funksiyali transport-logistika хabi maqomi berildi.

 

Xalqaro хabga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

  • gumanitar yordam koʻrsatish maqsadida хalqaro tashkilotlar va хorijiy davlatlar vakillari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • gumanitar yordamni qabul qilish, saqlash va joʻnatishni ta’minlash;
  • yuklash-tushirish ishlari, yuklarni tashish va saqlashni oʻz ichiga olgan kompleks transport-logistika хizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etish.

 

«Termez Cargo Centre» MChJning Termiz хalqaro savdo markazi ishtirokchilari reyestriga kiritilganligini hisobga olib hamda Prezidentning 2020 yil 12 noyabrdagi “PF-6109-son Farmoniga muvofiq:

  • bojхona, soliq, sertifikatlashtirish, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank хizmatlari, valyuta ayirboshlash хizmatlari, shuningdek, tibbiy va mehmonхona хizmatlari, avtotransport vositalariga teхnik хizmat koʻrsatish va boshqa хizmatlar «yagona darcha» tamoyili boʻyicha yoʻlga qoʻyiladi;
  • Afgʻoniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordam sifatida yuborilayotgan tovarlarni bojхona chegarasi orqali olib oʻtayotganda ushbu tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi ustuvor va soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.