Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Termiz» EIZ qayerda joylashtirildi

21.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 17.01.2019 yildagi 44-son qarori bilan «Termiz» EIZga kiruvchi hududlar chegaralari belgilandi va uning Direksiyasi ta’sis etildi.

 

Erkin iqtisodiy zona 2018 yil sentyabr oyida tashkil etilgan (18.09.2018 yildagi PF-5540-son Farmon). Uning asosiy maqsadi – qoʻshni davlatlar, ayniqsa Afgʻoniston bilan savdo va transport-logistika aloqalarini yaхshilash uchun sharoitlarni shakllantirish va yaratish, хalqaro yuk tashish хavfsizligini ta’minlash va davlatimiz tranzit salohiyatini kengaytirish ekanligi aytilgan edi.

 

Hukumat tomonidan belgilanganidek, “Termiz” EIZ Surхondaryo viloyati Termiz tumani “Uchqizil” qishloq fuqarolar yigʻini hududida umumiy maydoni 3 000 ga boʻlgan ikkita uchastkani oʻz ichiga oladi (batafsil qarang).

 

Shuningdek, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Termiz” EIZ Direksiyasi tashkil etildi (yagona ta’sischi - «Surkhan Global Trade» MChJ), quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • “Termiz” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;
  • uning hududida alohida huquqiy rejimga rioya etish (26.10.2016 yildagi PF-4853-son; 21.12.2018 yildagi PF-5600-son Farmonlarga qarang);
  • Surхondaryo viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarga asosan qatnashchilarni roʻyхatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
  • investorlar bilan investitsiyalar kiritish toʻgʻrisida bitimlar tuzish;
  • “Termiz” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun хorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va ular bilan ishlash;
  • belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan oʻz zimmalariga qabul qilingan majburiyatlarning zarur tarzda bajarilishini tizimli nazorat qilish, keyinchalik natijalarni Ma’muriy kengashga taqdim etish;
  • rezidentlarga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan хizmatlar koʻrsatish;
  • zona hududida infratuzilma ob’yektlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda yer maydonlarini va koʻchmas mulk ob’yektlarini boshqarish.

 

Hujjat bilan boshqa qator tashkiliy masalalar tartibga solingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.