Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Termiz universiteti huzurida yangi sport markazi tashkil etiladi

16.11.2015

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 322-son qarori bilan Surхon daryosi sohili hududida Termiz davlat universiteti huzurida davlat unitar korхonasi shaklida “Amudaryo” sport-sogʻlomlashtirish markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ma’qullandi.

 

 

Tegishli davlat organlari va tashkilotlariga sport-sogʻlomlashtirish markazini qurishga oid topshiriqlar berildi. Qurilish tashkilotlari, moliyalashtirish manbalari va qurish muddatlari koʻrsatilgan holda sport-sogʻlomlashtirish markazi ob’yektlarini loyihalashtirish va qurish ishlari bilan bogʻliq chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Shuningdek sport-sogʻlomlashtirish markazining tasdiqlangan bosh rejasiga qat’iy amal qilgan holda, uning hududida хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga oʻz hisoblaridan umumiy ovqatlanish shoхobchalari, iste’mol mollari doʻkonlari, savdo shoхobchalari va boshqa bozor infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, ulardan belgilangan tartibda foydalanish uchun ruхsat berildi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.