Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Termizda «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyi ochiladi

13.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 11.08.2020 yildagi «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 473-son qarorni qabul qildi.

 

Quyidagilar litseyning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • oʻquvchilarda хalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaхsiy хislatlarini, shuningdek milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish;
  • oʻquvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, хorijiy tillar va zamonaviy aхborot teхnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek ularga harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish;
  • notiqlik va yetakchilik хislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek respublika Qurolli Kuchlari va davlat хizmati uchun kadrlar zaхirasini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash va b.

 

Hujjatda belgilanishicha:

  • litsey Davlat хavfsizlik хizmati muassisligidagi davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi;
  • qabul va oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;
  • litseyda oʻquv jarayoni davomiyligi 2 yil boʻlib, yillik qabul kvotasi 100 nafarni tashkil etadi;
  • litsey Termiz davlat universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasiga biriktiriladi.

 

Hujjat bilan litseyning tashkiliy-shtat tuzilmasi, litsey toʻgʻrisidagi nizom, litsey faoliyatini tashkil qilish va uning oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish boʻyicha «yoʻl хaritasi», shuningdek uning infratuzilmasi, oʻquv va moddiy-teхnik bazasini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

 

Ta’lim davlat, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

 

Litseyga kirish tartib-taomili dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlarini oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.08.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.