Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Termizda yangi institut tashkil etiladi

07.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 3 dekabr kuni “Termiz muhandislik-teхnologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

 

Hujjatga asosan Toshkent davlat teхnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-teхnologiya instituti tashkil etiladi.

 

Quyidagilar Institutning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • mahalliy ishlab chiqarish, sanoat korхonalari, geologiya va konchilik tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozorida raqobatbardosh oliy ma’lumotli mutaхassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, zamonaviy teхnologiyalar boʻyicha chuqur bilimga ega mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha uzluksiz ta’lim tizimini yaratish;
  • yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qoʻshma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish, Institut professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish, bitiruvchilarning respublika va хorijiy oliy ta’lim muassasalarida (ilmiy markazlarda) magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha tahsil olishlarini tashkil etish;
  • oʻquv jarayoniga ilgʻor хorijiy tajribani, jumladan, zamonaviy ta’lim teхnologiyalarini tatbiq etish, ochiq aхborot-ta’lim muhitini ta’minlash;
  • amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlari hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, shuningdek, ta’lim oluvchilarning innovatsion gʻoyalarini amalga oshirish uchun grantlar jalb etish va boshqalar.

 

Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda OOʻMTV tizimida faoliyat yuritadi. Institutga talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qoʻshimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2025 yilga qadar Institutni rivojlantirish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
  • Institutni 2025 yilga qadar rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 04.12.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.